Yoshlarga munosib tuhfa

Date:

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY hududida joylashgan 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini ta’mirlash bo‘yicha belgilangan 1,5 milliard so‘mlik loyiha doirasidagi ishlar to‘liq yakunlandi. Loyihaning bosh pudratchisi — “Chinor” MCHJ tomonidan maktab hududida 1 dona sun’iy qoplamali stadion bunyod etildi hamda qolgan mablag‘ hisobidan maktabning ta’mirtalab binolarida zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida Denov tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ilhom Safarov ishtirok etdi.

Shuningdek, Tashabbusli budjetning 2025-yil 2-mavsumi doirasida jami 14 ta mahallada 55,3 km ichki yo‘llarni asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, 8-dekabr holatiga ko‘ra 8 ta mahallada 32,3 km ichki yo‘llar asfaltlanib, aholiga foydalanish uchun topshirildi.

Ushbu ishlar aholining qulay yashash sharoitlarini yaxshilash, hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish va tuman rivoji uchun xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun