Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi loyihalarni foydalanishga topshirish tadbirlari davom etmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan M-39 avtomagistralini Termiz daryo porti bilan bog‘lovchi 4R23N avtomobil yo‘lining 1,5 kilometr qismi hamda Muzrabot tumanidagi 4R110 “Sherobod–Poshxurt–Oqtosh–Muzrabot” avtomobil yo‘lining 6 kilometr qismi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

2025-yil Yo‘l ishlari davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ushbu yo‘l loyihalari uchun jami 78,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, har ikki yo‘l ham zamonaviy standartlarga muvofiq 4 tasmali etib barpo qilindi.

Tadbirlarda ishtirok etgan nuroniylar va jamoatchilik vakillari yangi yo‘l infratuzilmasi aholi uchun qulaylik va xavfsizlik yaratishini ta’kidlab, davlatimiz rahbariyatiga minnatdorlik izhor etdilar hamda yurt tinchligi va farovonligi uchun duo qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun