Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Tuman hokimi Anvar Normamatov “Navro‘z” istirohat bog‘iga tashrif buyurib, bayramning ramzi bo‘lgan bosh archa o‘rnatilishi va bog‘ hududida olib borilayotgan bezatish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida archa konstruksiyasining mustahkamligi va xavfsizligi, maydonning zamonaviy yoritish tizimlari bilan jihozlanishi, hududning bayramona ruhda bezatilishi bo‘yicha mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, o‘yin maydonchalari, fotoburchaklar, dekorativ arkalar va kompozitsiyalarning joylashuvi haqida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qumqo‘rg‘onda amalga oshirilayotgan ushbu tayyorgarliklar Yangi yil bayramini aholiga ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va bayramona shukuh ulashadigan darajada yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun