Narx barqarorligi nazoratda

Date:

Yangi yil bayrami arafasida hududlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini sifatli tashkil etish, xavfsizlik va tartibni ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi Termiz shahridagi “Yashil dunyo” dehqon bozorida o‘rganildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bozor hududida tartib-qoidalarga rioya etilmayotgani, yo‘laklarning savdo uchun noo‘rin egallanishi va ayrim joylarda narxlar tartibga solinmaganini keskin tanqid qildi. Mutasaddilarga intizomiy va moddiy javobgarlik choralarini ko‘rish, tartibni tiklash va narx barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida barcha hududlardagi yarmarkalarda xavfsizlik, yong‘in profilaktikasi va arzonlashtirilgan savdo faoliyatini kuchaytirish vazifalari belgilandi. Bozorlardagi vaziyat muntazam qayta o‘rganilib, mas’ullar faoliyati baholanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun