“Men ham soliqchi bo‘laman!”

Date:

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir doirasida Termiz davlat universiteti talabalari soliq tizimi faoliyati, xodimlarning kundalik ishlari, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Talabalarda tadbirkorlar va fuqarolarga masofaviy xizmat ko‘rsatish, avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish jarayonlari katta qiziqish uyg‘otdi. Mutaxassislar soliq sohasidagi raqamlashtirish, inson omilining kamayishi va bu orqali korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligining oshishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tashrif yoshlar qalbida soliq tizimining mas’uliyatli va sharafli kasb ekanini yanada mustahkamlab, ko‘plab talabalar uchun “Men ham soliqchi bo‘laman!” degan ezgu niyatni uyg‘otdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun