Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Date:

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti 1-bosqich talabalari uchun unutilmas va mas’uliyatli onlardan biri — Gippokrat qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirni universitet rektori A. Absamatov ochib, yoshlarni tibbiyot yo‘lidagi ilk qadam bilan tabrikladi va ularning kelajagi uchun ezgu tilaklar bildirdi.

Bu qasamyod — nafaqat talabalikning yangi bosqichi, balki inson salomatligini asrashga qaratilgan umrbod mas’uliyat eshigidir. Tadbirning yuqori saviyada tashkil etilishida San’at saroyi ma’muriyati tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar muhim omil bo‘ldi.

Mazkur marosim kelajak shifokorlarining kasbga sadoqati, halolligi va fidoyiligini mustahkamlovchi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun