Marafon birdamlikka chorladi

Date:

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi keng nishonlandi. Bayram doirasida tashkil etilgan piyoda yurish marafoni katta ko‘tarinkilik bilan o‘tdi. Unda yoshlar, faxriylar, turli soha vakillari hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etdi.

Marafon yakunida Surxondaryo viloyat San’at saroyi oldida harbiy orkestr va faxriy qorovulning tantanavor chiqishlari namoyish etildi. Harbiylarning bir maromdagi yurishi, davlat madhiyasi sadolari va musiqiy kompozitsiyalar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashib, bayram shukuhini yanada oshirdi.

Tadbirlar Konstitutsiyamiz qadri, adolat va tenglik tamoyillarining bugungi kundagi o‘rni va ahamiyatini yodga solgan holda, fuqarolarda yurtga sadoqat, birdamlik va faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun