Yashirin nazorat yo‘lga qo‘yildi

Date:

Oʻzbekiston sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyani kamaytirish va tartib-intizomni mustahkamlashga qaratilgan yangi tizim joriy etildi. Endilikda kasalxonalar, klinikalar hamda tug‘ruqxonalarda maxsus tayyorlangan “maxfiy bemorlar” faoliyat yuritadi.

Ular oddiy bemor sifatida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini kuzatib, pora talab qilish, qo‘pol muomala kabi qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Barcha holatlar maxsus axloq komissiyasiga yetkaziladi, jiddiy qonunbuzarliklar esa huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.

Mazkur tizim tibbiyot sohasida shaffoflikni oshirish va bemorlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini yaxshilashni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun