Termiziy — so‘z sehrining ustasi

Date:

Bugungi kunda til nafaqat aloqa vositasi, balki inson tafakkuri va ma’naviyatining eng muhim ko‘zgusiga aylangan. Ayniqsa, badiiy so‘z orqali xalqning ruhiy olami, dunyoqarashi va estetik didi namoyon bo‘ladi. Shu bois badiiy nutqni o‘rganish, uni tilshunoslik va san’at nuqtayi nazaridan tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi.O‘zbek adabiyo-tida har bir ijodkor o‘z uslubi, o‘z tili bilan tanilgan. Shular orasida Shafoat Rahmatullo Termiziy alohida o‘rin tutadi. Uning
she’rlari va doston-lari o‘zbek so‘zining betakror jozibasini, falsafiy teranligini namoyon etadi. Shoir so‘zga shunchaki ifoda vositasi sifatida emas, balki ma’no, hissiyot va ruh birligining timsoli sifatida qaraydi.
Termiziy asarlarida har bir so‘z o‘z ohangi, o‘z nafasi bilan yashaydi. Ba’zan bir so‘z bir necha ma’noni ifodalaydi, ba’zan esa oddiy so‘z orqali chuqur falsafiy mazmun ochiladi. Bu esa shoirning til imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalana bilganini ko‘rsatadi. Badiiy matnda tovushlar ohangi, so‘zlarning takrori yoki uyg‘unligi ham muhim rol o‘ynaydi. Shu jihatdan badiiy nutq faqat mazmun emas, balki tovush va ohang san’atidir.
Til boyligini belgilovchi yana bir omil — ma’nodosh so‘zlardir. Shoirlar ularni tasvir ruhiga moslab tanlaydilar. Masalan, “go‘zal”, “suluv”, “barno” kabi so‘zlarning har biri o‘z ohangi va hissiyoti bilan farq qiladi. Ana shu nozik farqlar badiiy nutqning jozibasini oshiradi.
Xullas, badiiy so‘z bu — ruhning tili. Shafoat Rahmatullo Termiziy kabi ijodkorlar ana shu tildan san’at darajasida foydalanib, o‘zbek so‘zining go‘zalligini, falsafasini, qudratini yana bir bor namoyon etadilar. So‘z orqali yaratilgan badiiyat esa xalqning ma’naviy boyligini avloddan avlodga yetkazuvchi eng bebaho merosdir.

Dilfuza Chorshanbiyeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun