Ijodkor va ziyolilar rag‘batlantiriladi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, 2025-yildan boshlab adabiyot, madaniyat, san’at, ilm-fan va raqamli texnologiyalar sohalarida yuksak yutuqlarga erishgan ijodkor va ziyolilarni rag‘batlantirish maqsadida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti joriy etiladi.

Mukofot quyidagi yo‘nalishlarda topshiriladi:

adabiyot;

madaniy meros;

teatr va kino;

musiqa va raqs;

tasviriy va amaliy san’at;

moda va dizayn;

ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.

Har bir yo‘nalish g‘olibi statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

“Kelajak merosi” mukofoti — O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni birlashtirgan ijodkorlarni e’tirof etishga xizmat qiladigan muhim tashabbusdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun