Quvonch va bilimga to‘la

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kelajak soati” doirasida quvonch va bilimga to‘la kun bo‘ldi. Bolajonlar “Yo‘l harakati qoidalari” mavzusidagi ochiq mashg‘ulotda o‘zlarini haqiqiy yo‘l patrullari kabi his etdilar!

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Adinayev ishtirok etib, bolalarga iliq so‘zlar bilan murojaat qildi:

“Yo‘l qoidalarini o‘rganish — bu faqat dars emas, bu sizning hayotingizni asraydigan dono odatdir”.

Bolalar o‘yin, savol-javob va kichik sahna chiqishlari orqali har bir belgi, har bir qoidaning ahamiyatini quvonch bilan o‘rganishdi. Ularning ko‘zidagi chaqnash — bu xavfsiz kelajak sari tashlangan ilk qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun