Xizmat itlari patrullikni boshladi

Date:

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan joriy etilgan yangi tartibga ko‘ra, Toshkent, Nukus hamda viloyat markazlaridagi yirik jamoat joylarida xizmat itlari bilan birgalikda patrul naryadlari faoliyat boshladi.

Bu tashabbus jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning, ayniqsa, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olishga xizmat qiladi. Xizmat itlari jinoyatchilarni aniqlash, qo‘lga olingan shaxslarning qochishiga yoki atrofdagilarga zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymaslikda muhim rol o‘ynaydi.

Ayni paytda Toshkentdagi “Tashkent City Mall”, “City Park”, “Dream Park” va “Magic City” hududlarida kinologlar ishtirokida patrul ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tizim jamoat joylarida xavfsizlikni oshirish, jinoyatlarning oldini olish va fuqarolarda osoyishtalik hissini kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun