Denovda 9 qavatli 180 xonadonli turar-joylar majmuasi qurib bitkazilmoqda

Date:

Soʻngi yillarda Denov tumanini kompleks rivojlantirish maqsadida turar-joylar, infratuzilma va boshqa yirik loyihalar qurilishi jadal davom etmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, mazkur ishlar ijrosini o‘rgandi.

Xususan, “So‘fi Ollayor” mahallasida barpo etilayotgan 9 qavatli 180 xonadonli turar-joylar majmuasida olib borilayotgan pardoz ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tuman markazidagi turar-joylar, infratuzilma obyektlari va yangi loyihalar taqdimotlari muhokama qilindi. Mas’ullar bajarilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Qurilish jarayonlarini jadallashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va taqdim etilgan yangi loyihalar bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, oqova suvlarni tozalash inshooti va tarmoqlarni rekonstruksiya qilish ishlari ham ko‘rib chiqildi. Loyihada mavjud muammolarni tegishli vazirliklar ko‘magida bartaraf etish va qurilishni sifatli davom ettirish choralari belgilandi.

Yakunda Denov tumani hokimligida mutasaddilar hamda shahar va tuman hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, davlat dasturlari va loyihalar ijrosi muhokama qilindi. Mas’ullarning axborotlari tinglanib, berilgan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Oldingi sahifaMuammolar tanqid ostida
Keyingi sahifaTuhfasi quvontirdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun