Ta’lim hamkorligi doirasida

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi xalqaro chempionatda ishtirok etish maqsadida hozirda Tataristonning Yelabuga shahrida joylashgan “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibida Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ham ishtirok etmoqda.

Ushbu safar davomida “Alabuga” politexnikumida tahsil olayotgan, shundan 17 nafari O‘zbekistondan bo‘lib, 10 nafari aynan surxondaryolik bo‘lgan talabalar bilan uchrashdi. Ularning ta’lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda amaliyot imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, “Alabuga”da yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim shakli doirasida talabalar amaliyot olib borayotgan avtomobil zavodi hamda qurilish materiallari zavodiga tashrif buyurildi. Bundan tashqari, “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki tomonlama tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida o‘zaro esdalik sovg‘alari almashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun