“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan respublikaning barcha jabhalarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday harbiy-vatanparvarlik tadbiri Surxondaryo viloyatining eng olis hududlaridan biri bo‘lgan Sariosiyo tumanining «Xurshid» mahallasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazildi.

Bayram tadbirida harbiy xizmatchilar aholiga xushkayfiyat ulashish, eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – mustaqillik shukuhini xalqimiz orasida keng targ‘ib etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatmoqda. Dastlab mahalla yettiligi, nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida sayyor qabul va profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda aholini qinayotgan masalalar va takliflar tinglandi.

Tadbirning ikkinchi qismida harbiy orkest va xonandalarosidagi dilrabo kuy-qo‘shiqlar barchada katta taassurot qoldirdi. Vatan tinchligini asrash, uning har qarich yerini ko‘z qorachig‘idek himoya qilish kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan film namoyishi esa yosh-u keksani birdek to‘lqinlantirdi.

Akbar AHMEDOV,

III darajali serjant,

Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun