Yashil hayot sari ilmiy qadamlar

Date:

Termiz davlat universiteti Hududiy tadqiqotlar markazi mutaxassislari muhim ilmiy loyiha ustida ish olib bormoqda. Mazkur loyiha doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon geografiya va ekologiya ilmiy tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududida joylashgan Kattaqum cho‘lining aholi yashash joylariga (ko‘chma qum, issiq garmsel shamollar) salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan yechim va takliflar ishlab chiqilmoqda.

Buning doirasida joyni o‘rganish va monitoring qilish, masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish, hududni xaritalashtirish va tahlil qilish, cho‘l hududlarini ko‘kalamzorlashtirish rejalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ko‘chma qum barxanlarini mustahkamlash choralarini ishlab chiqish, yashil ihotazorlar (yashil belbog‘lar)ni barpo etish, cho‘lga mos o‘simliklar turlarini tanlash va ularni ekish strategiyasini ishlab chiqish ham rejada bor.

Ushbu sa’y-harakatlar Surxondaryo iqlimi va ekologiyasi barqarorligini ta’minlash, aholi salomatligi va yashash sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun