Taklifi o‘rinlimi?

Date:

Rossiya Davlat Dumasidagi «Yangi odamlar» fraksiyasi rahbari Aleksey Nechayev boshchiligidagi deputatlar guruhi Rossiyada migrant bolalar uchun pulli ta’lim joriy etishni taklif qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Deputatlar Rossiya ta’lim vaziri Sergey Kravsov nomiga rasmiy murojaat yo‘llab, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan bolalar davlat va mahalliy maktablarda faqat pulli asosda ta’lim olishi kerakligini qonunchilik asosida belgilash zarurligini bildirishdi.

Ular bu holat davlat va mahalliy budjetga og‘irlik qilayotganini ta’kidlashdi. Qolaversa, ayrim hududlarda maktablarda joy yetishmasligi, o‘qituvchilar esa orttiqcha yuklama bilan ishlayotgani qayd etildi.

Migrant bolalarning ko‘pchiligi rus tilini yaxshi bilmasligi sababli ta’lim jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, bu esa umumiy o‘quv muhitini sekinlashtirayotgani aytilgan.

Murojaatda ta’kidlanishicha, xorijlik fuqarolar farzandlarining ta’lim xarajatlarini o‘zlari qoplashi lozim. Bu nafaqat budjetga tushayotgan yukni kamaytiradi, balki o‘qituvchilarning ish yukini yengillashtirib, ta’lim sifatini oshiradi. Deputatlar fikriga ko‘ra, bunday qadam migrant oilalarni ta’limga nisbatan mas’uliyatliroq yondashishga undaydi. Shuningdek, bu choralar Rossiya soliq to‘lovchilarining mablag‘ini tejashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun