Pensiya va gʻaznachilik boʻlimlari tugatiladi

Date:

Prezident farmoniga koʻra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tugatiladi, ular oʻrnida 1–3 nafar xodimdan iborat ixcham xizmat koʻrsatish ofislari tashkil etiladi. Shuningdek, farmonda taʼkidlanishicha, soʻnggi ikki yilda mazkur ikki tashkilotning shtat birliklari 1 940 taga (45 foizga) qisqartirilgan. Kelgusi yilda esa xodimlar sonini yana toʻrt barobargacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Farmonga asosan, 2026-yil 1-iyuldan mamlakatda «Raqamli gʻazna» tizimi joriy etiladi. U orqali:

maʼlumotlar sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilinadi,

qisqa va uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqiladi,

inson omilining taʼsiri kamaytiradi.

Pensiya tizimida esa 2026-yil 1-dekabrdan fuqarolarning ish staji va maoshi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar asosida pensiya miqdorini oldindan koʻrish imkonini beruvchi «Mening pensiyam» onlayn xizmati ishga tushiriladi. Barcha pensiya xizmatlari proaktiv, elektron va interaktiv shaklga oʻtkaziladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-oktabrgacha pensiya toʻlovlaridan ushlab qolishlar amalga oshirilishidan avval fuqarolarni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun