Import-eksport bo‘yicha rejalar puxta

Date:

Iqtisodiy ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lgan Termiz tumani qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududdan sanoatlashgan va investitsiyaviy salohiyati yuqori tumanga aylanib borayotir. Bu borada amalga tatbiq etilayotgan loyihalarning ahamiyati katta boʻlmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ana shunday loyihalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasida “Azizi Trade” MCHJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan un va un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan erkin iqtisodiy zonadagi loyihalar holati bo‘yicha axborot berildi.

Tashrif doirasida shuningdek, “Janub elita naslchilik” MCHJda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni, “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MCHJning Termiz 1-sonli qudug‘idagi burg‘ulash jarayonlari hamda O‘zbekiston–Tojikiston davlat chegarasida joylashgan chegara-bojxona posti faoliyati ham o‘rganildi.

Chegara-bojxona postida zargarlik va qimmatbaho toshlarning import-eksporti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun