Vohada turizm yanada rivojlanmoqda

Date:

Surxondaryo tarixiy va tabiiy boyliklarga nihoyatda boy bu esa hududning turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Viloyatimizda sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurib, “Omonxona” va “Xo‘jamayxona” turizm markazlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

“Omonxona” sanatoriysi zamonaviy dam olish maskaniga aylantirilmoqda. Bu yerda yangi binolar, sayyohlar uchun mehmon uylari, infratuzilmalar barpo etilmoqda va mahalliy bozor rekonstruksiya qilinmoqda. Loyiha taqdimoti o‘tkazilib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

“Xo‘jamayxona” darasida esa yangi turizm markazi qurilishi o‘rganildi. Bu yerda soy va daryo qirg‘oqlari mustahkamlanib, yo‘llar ta’mirlanmoqda, infratuzilma takomillashtirilmoqda. Loyiha yakunlangach, hududda turli yo‘nalishdagi sayyohlik xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Barcha ishlar belgilangan loyiha asosida, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun