Transport vositalari Denovda yig‘iladi

Date:

Bugungi kunda yurtimiz har tomonlama rivojlanish, o‘sish bosqichida. Dunyoning rivojlangan davlatlari bilan barcha jabhada hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda. Bu bosqichda iqtisodiy jihatdan yuksalib, investitsiyalarni jalb qilishga harakat qilinayotir. Savdo-iqtisodiy, ilm-fan, turizm, san’at sohasidagi qator loyihalar O‘zbekiston degan davlatni dunyo sahniga olib chiqib, uni tanitishga, e’tiborni jalb qilishga xizmat qilmoqda.
Har qanday loyiha va g‘oya tub negizida davlat manfaati, foyda ko‘rish maqsadi yotadi. Shu maqsadda yangidan yangi islohotlar amaliyotga joriy etilib, sa’y-harakatlar boshlab yuboriladi. Birgina chet eldan qurilma yoki yarimtayyor mahsulotlar xarid qilinib, ularni yig‘ib terib, qandaydir mahsulot tayyorlab sotish, eksport qilish ham davlatning iqtisodiy o‘sishiga, bir necha baravar foyda olib kirishga sabab bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbarlari ayni maqsadlarni ko‘zlagan holda hududlardagi tadbirkorlik subyektlarida uchrashuv tashkil etib, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining afzalliklarini tushuntirmoqda. Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Xalbayevning Denov tumanidagi “HUMO MOTORS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazgan uchrashuvi ham shu mavzuga bag‘ishlandi.
Yangi korxona xorijdan yarimtayyor holatda olib kelgan yengil avtomobil va yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositalarini “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirish orqali yig‘ish operatsiyalarini amalga oshiradi. So‘ng, ularni tayyor holatda qo‘shni davlatlarga eksport qilishni mo‘ljallayapti.
Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki bosqichda korxonaga
115 ming AQSH dollari qiymatidagi avtotransport vositasi qismlari xorijdan bojxona rejimiga joylashtirish uchun olib kelingan. Butlovchi qismlar shu yerda yig‘ilib, tayyor avtotransport vositalari chet eldagi buyurtmachilariga yetkazib beriladi. Korxona 2025-2026-yillarda qiymati 30,5 million AQSH dollariga teng besh ming dona yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositasini bojxona hududida qayta ishlash rejimi asosida yig‘adi.
Uchrashuvda bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining qulaylik va imtiyozlari haqida atroflicha fikr almashildi. Albatta, bunday rejimning ishga tushishi bojxona xizmati xodimlarining malaka va bilimlarini oshirib, yangi xizmat turlari bilan band bo‘lishga zamin hozirlash bilan birga, sohada xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislarga talab oshishiga ham sabab bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun