Tana — zehnning xizmatchisidir!

Date:

Jeyms Allenning “Fikrla-yotgan odam” nomli kitobini astoydil o‘qirkan-man, bu kitob mening qalbimda o‘chmas iz qoldirdi.Asarning nomi ham nafaqat kitobxon yoshlarimiz tomonidan balkim, oshuftaqalb, kitob bilan yashayotgan nuroniy keksalarimiz tomonidan ham iliq fikrlar bilan kutib olinishi tabiiy. “Hamma bir xil o‘ylayotgan bo‘lsa, demak, hech kim o‘ylamayapti”, deya boshlanuvchi misralar Jeyms Allenning “Fikrlayotgan odam” kitobining butun bir mazmunini ochib berayotgandek go‘yo. Muallif tomonidan ilgari surilgan fikrlar esa tajribalar natijasidir, aslo siyqasi chiqqan fikr kuchiga bag‘ishlanmagan. Asar zamon bilan hamnafas bo‘lgan ilg‘or takliflarni ilgari suradi. Uni o‘qigan kishi, albatta, o‘zini qaytadan kashf etib, hayotga boshqa nigoh bilan boqa boshlaydi. Kitobda bayon etilgan mulohazalar bilan esa kishi aniq fikr yuritib, aqlni mohirlik bilan ishga solishni o‘rganadilar. Va yana mutolaa davomida inson xayollarida barq urib turgan orzularini ro‘yobga chiqara oladi.
Bir xil fikrlaydigan millat — o‘lik millatdir. Zeroki, inson fikr yuritib, tafakkur qilar ekan, u tirik millatning paydo bo‘lishi uchun harakat qilayotgan bo‘ladi. Tana — zehnning xizmatchisidir. Shunday ekan, tafakkur qilib, ilm chashmasidan sipqorsak, nafaqat tanamiz, balki butun bir koinot bu yo‘lda biz bilan yelkama-yelka bo‘ladi.
“Fikrlayotgan odam” kitobi nafaqat fikrlashga chorlovchi, ilm ummoniga eltuvchi yo‘l vazifasini ham o‘tashi bilan menda ijobiy fikrlarning yuzaga kelishiga yordam berdi. Ayni shu kitob orqali maqsadlarim yo‘lida borishim uchun qat’iyatli bo‘lishim va hech qachon fikrlashdan to‘xtab qolmasligim kerakligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Shu bois, ilm yo‘lida katta maqsadlar qo‘ygan tengdoshlarimga, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni xohlagan jamiki kitobxon yoshlarga ushbu kitobni o‘qishlarini tavsiya etaman.

Madina Toshboyeva,
talaba

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun