SHAROIT BOR, IMKON YETARLI

Date:

Surxondaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining janubiy qismidagi muhim strategik ahamiyatga ega hudud bo‘lib, Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari bilan chegaradoshligi tufayli investitsiyaviy jozibador viloyatdir. Bu hudud orqali “Termiz – Mozori Sharif – Qobul –Pokiston portlari” xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonni Janubiy Osiyo bozorlariga tutashtiradigan asosiy darvozaga aylantirmoqda. Viloyatda “Termiz Cargo Center” xalqaro logistika markazi, “Ayritom” erkin iqtisodiy zonasi, temir yo‘l stansiyasi, avtomobil va havo transporti uchun barcha infratuzilma mavjud.
Qishloq xo‘jaligi viloyat iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadi. 2024-yil holatiga ko‘ra, 100 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlarda asosan anor, limon, uzum, paxta, sabzavot va dukkakli mahsulotlar yetishtirilmoqda. Bunday mahsulotlarni qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish uchun katta investitsiya imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy klasterlar tashkil etish imkoniyati ham bor.
Sanoat salohiyati ham yuqori. Boysun va Sariosiyo tumanlarida ko‘mir konlari asosida sintetik yoqilg‘i, karbamid, yonilg‘i yog‘i, fenol va boshqa uglekimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklif etiladi. Shuningdek, viloyatda dolomit, kvarsit, gips, marmar, granit kabi foydali qazilmalar zaxiralari ham mavjud. Bu sanoat, qurilish materiallari va kimyo tarmoqlari uchun katta xomashyo bazasini ta’minlaydi.
Sayyohlik sohasida ham ulkan salohiyat mavjud. Ekologik va ziyorat turizmi uchun loyihalar amalga oshirilishi reja qilingan.
Investorlar uchun qulay muhit yaratilgan. Har bir investor uchun “yagona darcha” orqali ruxsatnomalar tezlashtirilgan, yer ajratish, infratuzilma ulanishlari va soliq-boj imtiyozlari bilan bog‘liq masalalarda tezkor yechimlar taqdim etiladi. Umuman aytganda, Surxondaryo viloyati — bu tabiiy resurslar, qishloq xo‘jaligi, sanoat va logistika ustunliklari birlashgan noyob hudud. Geografik afzalliklar, xalqaro yo‘llar bilan bog‘lanish, boy xomashyo manbalari va yetarli mehnat zaxiralari viloyatni investitsiya faoliyati uchun yuqori darajada jozibador hududga aylantirmoqda.

Otabek Mavlyanov,
Viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun