Muhim masalalar “Jamoatchilik guruhi” nazoratida

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan «O‘zbekiston-2030» strategiyasi monitoring natijalariga ko‘ra “Jamoatchilik guruhi” a’zolari ishtirokida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoatchilik guruhi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok  etdi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha  «Yuksalish» harakati viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari, viloyat hokimi maslahatchisi Gulmira Amirova,  viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek To‘rayev hamda viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Aziz Yo‘ldoshevlar so‘zga chiqdi.

Eshituv davomida hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi. Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston massivlari» sonini 5 taga va uy-joy qurilishi hajmini 3,75 mingtaga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini kamida 230 million AQSH dollariga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalarga quloq tutildi.

Tadbir so‘ngida jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha savol-javoblar qilinib, aniqlangan muammolar yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olinadi

Davlat boshqaruvida shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish korrupsiyaga...

Zo‘ravonga jazo bor

Senatning 17-yalpi majlisida bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga...

Amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi

“Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbirlari doirasida Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Baraka”...

Sharg‘unda kechasi kunduziday

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 661-son qarori ijrosi doirasida Sharg‘un...
KunTun
KunTun