Haftalikka start berildi

Date:

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega bo‘lishadi. Bu esa tanlagan sohalari bo‘yicha ilk va mustaqil qadamni tashlashadi degani. Ana shunday hayaon oldida turgan yoshlarni orzu va maqsadlari katta, albatta. Termiz davlat universitetida esa mutaxassisliklarni tamomlagan bitiruvchilarga diplomlarini topshirish haftaligiga start berildi.

Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan diplom topshirish marosimida Termiz davlat universitetining yuridik hamda kimyo fakulteti talabalari ishtirok etdi. Samimiy muloqotlarda farzand tarbiyasi yo‘lida ibrat ko‘rsatgan ota-onalarga ehtirom ko‘rsatildi, esdalik uchun suratlarga tushildi. Hatto yuridik fakultetini tamomlayotgan andijonlik bitiruvchining o‘n besh nafar qarindoshlari bilan alohida suratga tushildi.

Ayniqsa, talabalarga Erkin A’zamning “Gonoluluga elchi” kitobining sovg‘a qilinishi, ularning kitob javonini yana bir shoh asar bilan boyitish barobarida 2054-yil nishonlanadigan universitetimizning 100 yilligi tadbirlariga taklifnoma ekanligi, ularga universitet professor-o‘qituvchilarning mehrini, shogirdining kelajagiga bo‘lgan daxldorligini namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun