Xalqaro hamkorlik yo‘lida…

Date:

Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov Xitoy Xalq Respublikasining yirik sarmoyadori, “WO DA SHI YE” korxonasi rahbari janob Mr. Wangni qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mr. Wang boshchiligidagi xorijiy kompaniya Sherobod tumani “Vandob” mahallasida joylashgan 1000 gektarlik hududda Volfram qazilmasini aniqlash va qazib olish bo‘yicha geologik-qidiruv ishlarini boshlab yuborgan. Mazkur loyiha nafaqat Sherobod tumanining sanoat salohiyatini oshiradi, balki xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, hamda hudud iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun