Bir maqsad yo‘lida birlashib…

Date:

Termiz shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayramona ruhda o‘tgan mazkur tadbirda shahar aholisi, faol yoshlar, mahalla yetakchilari hamda poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 30-iyun – Yoshlar kuni bilan yigit-qizlarni samimiy muborakbod etdi. Yoshlar siyosatini amalga oshirishda faollik ko‘rsatayotgan, tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan bir guruh yoshlar munosib taqdirlandi.

Shundan so‘ng, taniqli san’atkorlar, raqs jamoalari Vatan, tinchlik, yoshlik va milliy qadriyatlar mavzusidagi jonli ijrolari orqali tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi.  Ta’kidlanganidek, “Yoshlar oyligi” doirasida shu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida izchil davom ettiriladi. Bunday tashabbuslardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol, ijtimoiy faol va Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatli shaxslar sifatida tarbiyalash, ularning iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi...

Xurmo ko‘chatlari tarqatildi

Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar barpo...

Shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida

Surxondaryo viloyatida Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) viloyat bosqichi...

 “Ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”

2025-yildan boshlab har yili yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi 14–17 yoshdagi...
KunTun
KunTun