Fuqaro ishtirokisiz kredit olish taqiqlanadi

Date:

Joriy yilning fevral oyi boshlarida Oʻzbekistonda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga kirishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. 4-mart kuni “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonun imzolangan. Unga koʻra, fuqarolar oʻzining ishtirokisiz olinadigan kreditlarni taqiqlash imkoniga ega boʻlgandi.

Kredit byurosi maʼlum qilishicha, 6-iyun sanasidan boshlab “jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki reyestrdan chiqarish boʻyicha” xizmati joriy qilinib, undan bepul foydalanish imkoni mavjud. Mazkur xizmat fuqarolarga oʻzlarining ishtirokisiz olinadigan kreditlarga taqiq qoʻyish, shu bilan birga, bir qancha yirik firibgarliklarning oldini olish imkonini beradi. 

Xizmatdan dastlab Kredit byurosining rasmiy veb-sayti orqali foydalanish mumkin.

A.To‘rayev,

Viloyat prokurorining katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun