“Kashta tikdim, ipaklari tillodan”

Date:

O‘zbek xalqining bebaho madaniy merosi — kashtachilik san’atini targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlod qalbida ushbu nozik san’atga bo‘lgan hurmat va mehrni yanada mustahkamlash maqsadida Termiz shahrida “Kashtalar jilosi” nomli shahar bosqichidagi ijodiy-ko‘rgazmali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida turli kashtachilik uslublarini o‘zida mujassam etgan badiiy asarlar, milliy naqshlar bilan bezatilgan zamonaviy kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda xalq amaliy san’ati namunalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. Qo‘l mehnati bilan yaratilgan ushbu asarlar mehmonlar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi, ularning har biri yurtimizning boy madaniy merosidan dalolat berib turdi.

“Kashtalar jilosi” tadbirining Termiz shahar bosqichi o‘zining mazmunan boy va ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksak darajadagi tashkiliy ko‘rinishi bilan ajralib turdi. Bu kabi loyihalar yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni sevish, ularga sadoqat ruhida yashash, shuningdek, ijodkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish imkonini yaratmoqda. Tadbir, o‘z navbatida, xalq amaliy san’atini zamonaviy talablar asosida tiklash va yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun