Me’yor va standartlarga muvofiq

Date:

Maktablarda o‘quv yili yakunlanishi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborildi. Surxondaryo viloyatida ham o‘quv yili yakunlanganidan so‘ng umumta’lim maktablari binolarini ta’mirlash va ularni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib, zarur qurilish materiallari yetkazib berilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 7-, 13- va 15-sonli umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Viloyat rahbari ta’mirlash ishlari belgilangan me’yor va standartlarga muvofiq, sifatli amalga oshirilishi, shuningdek, ta’mir davomida o‘quv jihozlari va inventarlarining butligini ta’minlash zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun