G‘olib TerDU talabasi

Date:

Termiz davlat universitetida kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda 60 nafardan ortiq bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

Olimpiada ikki bosqichda yozma ish va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha amaliy topshiriqlar asosida tashkil etildi. Jarayon shaffofligini ta’minlash maqsadida video kuzatuv ostida o‘tkazildi. Har ikki bosqichda a’lo natijalar ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball to‘plagan uch nafar talaba g‘olib deb topildi. Elchinbek Isayev (UrDU) 3-, Munisa Rajabova (SamDU) 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Termiz davlat universiteti talabasi Nuriddin Mamashukurov 1-o‘rinni egalladi. G‘oliblarga maxsus diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda magistraturaga imtiyozli o‘qishga qabul qilish yo‘llanmalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun