O‘zbekiston—Qozog‘iston—Qirg‘iziston kuchlarini birlashtiradi

Date:

Markaziy Osiyoda chigirtka xavfiga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. Tomonlar axborot almashuvi va xalqaro fitosanitariya standartlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Yevropa va O‘rtayer dengizi o‘simliklarni himoya qilish tashkiloti (EPPO) doirasida o‘tkazilgan 55-yig‘ilishda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan kelishuvga erishdi. Qozog‘iston Davlat nazorati qo‘mitasi rahbari vazifasini bajaruvchi Saken Qanibekov uch davlat fitosanitariya xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar mavsumiy chigirtkalarga qarshi himoya tadbirlarini muvofiqlashtirish masalasini muhokama qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Locust.uz axborot tizimi taqdim etildi. U mazkur hasharotlar tuxum qo‘ygan joylarni, kimyoviy ishlov berilgan maydonlarni qayd etish hamda GPS orqali maxsus texnika harakatini kuzatish imkonini beradi. Bu tizim hududdagi fitosanitariya vaziyatini baholash va tarqalishning oldini olishga xizmat qiladi.

Muzokaralar yakunida davlatlar o‘zaro axborot almashuvini kuchaytirish, chigirtka xavfi yuqori bo‘lgan chegara hududlarda qo‘shma monitoring o‘tkazish, fitosanitariya holatini muntazam baholash va sertifikatlar bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan o‘zaro almashishga kelishib oldi. Qozog‘iston rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda 2 million gektar maydon chigirtka xavfi ostida. O‘zbekiston esa aholi panikasiga izoh berib, Toshkentdagi chigirtkalar xavfli to‘da emasligini va ularga qarshi kurash faqat kerakli holatdagina amalga oshirilishini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun