Ayblanuvchi aybdor deb topilmaydi

Date:

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi. Bu borada qabul qilingan O‘RQ-1067-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirtildi. Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi.

Shuningdek, shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi ko‘zda tutildi. «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, sudyalarning muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi belgilandi.

Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatildi.

Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun