“Manguzar”da yangi maktab-internat quriladi

Date:

Termiz shahrining bosh rejasi, baland-baland binolar maketiga boqib, yaqin muddatlarda shahrimiz misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarishini tasavvur etish mumkin. Albatta, loyiha amaliyotga ko‘chsa, barcha sohalarda o‘zgarishlar, tub burilishlar bo‘lishi, aholi hayoti yanada yaxshilanib, farovonlik sari yuz tutishi aniq.Quruvchilar, loyiha bunyodkorlari esa qog‘ozdagi chizmalarni ro‘yobga chiqarish sari dadil ildamlashmoqda. Ulkan qurilish maydonlarida ishlar qizg‘in tus olayotgani ko‘rganning ko‘zini quvontirmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov esa voha hududida amalga oshirilayotgan ana shunday yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy loyihalar ijrosi, shuningdek, avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlarning bajarilish holatini o‘rganib, ishlarni yanada jadallashtirish payida.
O‘rganish ishlari davomida Termiz shahrining “Manguzar” mahallasida zamonaviy talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat qurilishiga start berildi. “PREMIUM INSHAAT BUILDING” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida 504 o‘rinli o‘quv blogi, 222 o‘rinli
o‘quvchilar turarjoyi hamda sport zali barpo etiladi. Shuningdek, “Yangi Termiz city” majmuasi hududida ko‘p qavatli turarjoylar, mehmonxona, yo‘l infratuzilmasi va kommunal tarmoqlar qurilishi bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi. Shundan so‘ng, Termiz tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivida bog‘, 3 500 o‘rinli amfiteatr, muzey, Termiz davlat pedagogika instituti uchun 1 500 o‘rinli o‘quv binosi, “Magic City” dam olish majmuasi va “Yoshlar sanoat zonasi” doirasidagi ishlab chiqarish obyektlari qurilishi bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi.
— Bir so‘z bilan aytganda, ushbu loyihalar foydalanishga topshirilsa, nafaqat surxondaryoliklar, balki vohaga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun ham munosib ko‘ngil yozish, hordiq chiqarish manzillari soni va salmog‘i oshgan bo‘ladi. Bu esa bizning sayrdan mamnunlik hissimizni oshirishga xizmat qiladi, — deydi hamshahrimiz Shahobiddin Askarov.
Viloyat hokimi o‘z tashrifini Angor va Sherobod tumanlarida ham davom ettirib, umumta’lim maktablari, ko‘priklar va yo‘l infratuzilmasi obyektlari qurilishini ko‘zdan kechirdi. Amalga oshirilayotgan loyihalar va berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddilar hisobotlari tinglanib, ishlar samaradorligini oshirish va tezkorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

“Surxon tongi”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun