1-iyundan 30-avgustga qadar…

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida, o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish, sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish  maqsadida 1-iyundan 30-avgustga qadar uyushmagan yoshlar va maktab o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu loyiha doirasida Termiz davlat universitetida O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda  talabalarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida navbatdagi ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Mazkur musiqiy kechada talabalar o‘zlarining sevimli milliy kuy-qo‘shiqlarini eshitib, ma’naviy hordiq olishdi. Shuningdek, tadbirda ijro etilgan maqom asarlari, milliy cholg‘ularimiz ohangi va xonandalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Dinara

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun