Yangi ixtisoslashtirilgan maktab-internati qurilishi boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat hududlarida amalga oshirilayotgan yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy loyihalar ijrosi, shuningdek, avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlarning bajarilish holatini o‘rgandi. Xususan, Termiz shahrining “Manguzar” mahalasida zamonaviy talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat qurilishiga start berildi. “PREMIUM INSHAAT BUILDING” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida 504 o‘rinli o‘quv bloki, 222 o‘rinli yotoqxona hamda 12×24 metr o‘lchamdagi sport zali barpo etiladi.

Shuningdek, “Yangi Termiz siti” majmuasi hududida ko‘p qavatli turar joylar, mehmonxona, yo‘l infratuzilmasi va kommunal tarmoqlar qurilishi bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shundan so‘ng, Termiz tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivida bog‘, 3 500 o‘rinli amfiteatr, muzey, Termiz davlat pedagogika instituti uchun 1 500 o‘rinli o‘quv binosi, “Magic City” dam olish majmuasi va “Yoshlar sanoat zonasi” doirasidagi ishlab chiqarish obyektlari qurilishi bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun