“Sangardak” turistik markazi barpo etilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida “Sangardak” turistik markazi barpo etilmoqda. Umumiy qiymati 913,3 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi.Markazda 21 ta restoran, kafe va barlar, 296 ta savdo nuqtasi, mehmonxonalar 4 ta 3 yulduzli, 2 ta 5 yulduzli; 10 ta mehmon uylari, sanatoriy, madaniy hordiq maskani hamda 1,6 km dor yo‘li, “zip layn” va piknik hududlari quriladi. Qurilish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Dor yo‘lining boshlanish nuqtasi, tirgaklarni betonlash ishlari yakunlangan.Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sangardak” turizm majmuasi va “Nilu” mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Loyihalar xalqaro talablar asosida, sifatli va samarali amalga oshirilishi ta’kidlandi.Xususan, “Sangardak” turizm markazi loyihasini amalga oshiruvchilar – “Turon” bank, turizm sohasi mutasaddilari hamda tashabbuskor tadbirkorlar loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan axborot berdi.Turizm markazi va turizm qishlog‘i tashkil etish loyihalarini amalga oshirish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun