50 YILDAN SO‘NG DIYDORLASHUV!

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi sobiq A.Chexov nomli 45-sonli (hozirgi Qumqo‘rg‘on tumani, “Arslonboyli” MFY hududida joylashgan 18-sonli) maktabni bundan yarim asr muqaddam 23 nafar yigit-qiz bitirib, katta hayotga yo‘llanma olgandi. Kimdir quruvchilikni tanladi, boshqasi elektr energiya ta’minoti bo‘yicha muhandis bo‘ldi. Sinfdoshlar orasida 6 nafari oliygohlarda tahsil oldi. Shulardan biri Jumanazar Choriyev Toshkent temir yo‘llar transporti muhandislari institutini bitirib, 35 yildan beri viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlarida bosh hisobchi va yordamchi hisobchi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Sinfdoshlar orasida eng sho‘xi hisoblangan Xolmurod Abdumuratov esa Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tugatgach, uzoq yillar Qumqo‘rg‘on tumanidagi sobiq Ulyanov nomli sovxozda turli vazifalarda samarali mehnat qildi hamda “Yuqori Kakaydi” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi bo‘ldi, hozir nafaqada.

O‘sha kezlar maktabni bitirgan qizlarni shaharga yuborish va oliygohlarga o‘qitishda ota-onalar tomonidan qarshiliklar ko‘p bo‘lardi. Sinfdosh qizlar orasida Gulshod Karimova barcha qarshilik va to‘siqlarni yengib, Termiz davlat pedagogika institutida tahsil oldi va qishloq maktablarida o‘qituvchilik qildi.

Umr suvday oqib o‘tkinchi. Kechagina g‘ayrati jo‘shgan, olovqalb yigit-qizlar bo‘lganlar bugun 67-68 yoshda, har birlarining atrofida kelinlar, o‘g‘il-qizlar va 10-15 nafar nevara-chevara parvona. Bugun keksalik go‘shtini surayotgan sobiq sinfdoshlar maktabni bitirganiga 50 yil to‘lganligi munosabati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shu bahonada hayot tashvishlari bilan andarmon bo‘lib, anchadan buyon bir-birini ko‘rmagan sobiq sinfdoshlar diydorlashdi, fayzli dasturxon atrofida dildan suhbatlashish jarayonida yoshlik onlarini eslab quvondilar.

Xursand Usanov,

sinfdoshlardan biri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayr bog‘cha – salom maktab”

Viloyatimizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Xayr bog‘cha – salom...

Yong‘in 14 soatda o‘chirildi

Boysun tumanidagi “Kengdala” o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash...

TerDU: targ‘ibot tadbirlari Boysunda

Yurtimizda oliy ta’lim dargohlari soni yil sayin oshib bormoqda....

“Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim davr”

Uzun tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish...
KunTun
KunTun