Bolalari tish yuvmasa, ota-ona qamaladimi?

Date:

Shvetsiyada bir juft ota-ona o‘zlarining uch nafar farzandining tish gigiyenasiga loqayd munosabatda bo‘lgani uchun har biri 8 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda mamlakatning yetakchi nashrlaridan biri — “Aftonbladet” gazetasi xabar berdi.

Tibbiy ko‘rik chog‘ida aniqlanishicha, maktabgacha yoshidagi qiz va ikki o‘g‘ilning tishlari chuqur kariyes bilan zararlangan. Holat shu darajada og‘ir bo‘lganidan, ba’zi tishlarni olib tashlashga majbur bo‘lishgan. Qizcha narkoz ostida 8 ta tishidan ajralgan, har bir o‘g‘il bola esa 4 tadan tishini yo‘qotgan. Yana aniqlanishicha, og‘iz bo‘shlig‘i infektsiyalangan, og‘riqli yiringli yallig‘lanishlar yuzaga kelgan.

Ish bo‘yicha prokuror bunday holatni “jinoyat” deb atagan va sudda ota-onalarni qamoq jazosi bilan jazolash tarafdori bo‘lgan. Sud jarayonida ota-onalarning har biriga 8 oy qamoq jazosi tayinlagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun