Bir oylik harbiy xizmat to‘lovi oshdi

Date:

O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10 foizga oshiriladi, bu esa safarbarlik chaqiruv rezervi — bir oylik harbiy xizmat to‘loviga bevosita ta’sir qiladi.Yangi tartibga ko‘ra, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 million 271 ming so‘mni tashkil etadi. Shu asosda, safarbarlik chaqiruv rezervi uchun to‘lov miqdori 7 barobar hisoblanib, 8 million 85 ming so‘mdan 8 million 897 ming so‘mga oshadi.To‘lovlar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamida jamlanadi. Fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar safarbarlik chaqiruvi rezerviga qabul qilinadi. Ular oylik harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar, yoki qurolli tajovuz holatlari yuz bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga jalb etilishi mumkin.To‘lovni bir yo‘la yoki bir yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun