Saylgoh qurilishiga start berildi

Date:

Hududlarda “Zarbdor” tajribasi asosida drayver loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu doirada Termiz shahrining “Jo‘yjangal” mahallasidan o‘tuvchi kanal bo‘yida yangi saylgoh qurilishiga start berildi.

“Termiz Sanoat Qurilish Industriya” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar maskanlarni o‘z ichiga oladi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov saylgohda yashil maskanlar, veloyo‘laklar va sog‘lomlashtirish inshootlarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng, Termiz tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan maktabda namunaviy loyiha asosida tashkil etilgan va autsorsing orqali ishlovchi oshxona hamda oromgoh to‘garaklari faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida maktablardagi bo‘sh bino va yer maydonlarida ijara asosida faoliyat yurituvchi kitob do‘konlari, o‘quv kurslari va sog‘lom ovqatlanish maskanlari tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Ularni takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi hamda bu loyihalar orqali maktablar o‘z ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘larga ega bo‘lishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun