Moddiyatdan ma’naviyatga qadar…

Date:

Bir kuni mashinada bir guruh xorijlik mehmonlar bilan hamroh bo‘lishimga to‘g‘ri kelib qoldi. Turgan gapki, ularning suhbati har bir til bilgan hamrohning e’tiborini tortadi. Beixtiyor ular bilan suhbatlashib, yurtim haqida bilganimcha so‘zlab, sayohat manzillari haqida tavsiyalar berdim. Yo‘l davomida ulardan birining kutilmagan savolidan esankirab qoldim. U:

— Sizlarda har qadamda restoran-u kafelar, shifoxona-yu dorixonalar ko‘p ekan, bu yerda odamlar faqat ovqat yeydi-yu keyin kasal bo‘lib, shifoxona va dorixonaga ko‘p boradimi? — deb so‘rab qoldi.

Men nima demoqchi ekanini so‘ramoqchi edim, biroq u so‘zini davom ettirdi:

— Termizda kutubxonalar va kitob do‘konlari juda kam ekan. Men bu yerda deyarli bironta kitob do‘koniga duch kelmadim. U so‘zini davom ettirib nimalardir der, men esa mehmonga javoban nima deyish haqida o‘ylardim. Rostdan ham, mehmon achchiq bo‘lsa-da, haqiqatni aytayotgan edi. U o‘z sinchkovligi va zukkoligi bilan bizga jamiyatimizdagi og‘riqli muammoni ko‘rsatdi: ma’naviy oziqqa – ya’ni kitobga bo‘lgan ehtiyoj moddiy ehtiyojlardan ortda qolganiga yana bir bor guvoh bo‘ldim.

Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish faqat davlat va ta’lim muassasalarining vazifasi emas. Har birimizning burchimiz va biz, avvalo, bu jarayonni o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Masalan, tug‘ilgan kun yoki bayramlarda kitob sovg‘a qilishni odatga aylantirish, bolalikdan kitob o‘qishga qiziqtirish, kitobxonlik tanlovlarini ko‘paytirish kerak. Bugungi kunda yosh-u keksa birdek ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.

Demak, o‘qigan kitoblarimiz haqida qisqacha tavsiyalar, iqtiboslar yoki tahliliy fikrlar bilan postlar yozish orqali ta’sir ko‘rsatish bevosita kitobga qiziqish uyg‘otishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, ma’naviy boy jamiyat yaratmoqchi bo‘lsak, kitobga e’tibor qaratishdan boshlashimiz zarur. Har bir dorixona yoki do‘kon yonida kutubxona yoki kitob do‘koni ochiladigan darajada fikrimizni va qadriyatlarimizni o‘zgartirish zamon talabidir. Kitobxonlik — bu faqat o‘qish emas, bu fikrlash, anglash va rivojlanishdir.

Farida Begimqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda yangi agro markaz

Angor tumani endilikda zamonaviy agro markazga ega bo‘ladi. Bu...

Surxondaryoga “yashil transport”

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari jadal rivojlanmoqda....

Renovatsiya — yangi imkoniyatlar

Yurtimizda aholiga qulay turar joylar yaratish, mahallalarning shaharsozlik qiyofasini...

Faoliyati tiklanmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ishlab...
KunTun
KunTun