O‘zlikni saqlash jasoratdir

Date:

Shiddat bilan o‘zgarayotgan hayotda har birimiz nimanidir izlaymiz. Kimdir boylik, kimdir shon-shuhrat, boshqasi esa xotirjamlik va baxt izlaydi. Ammo hayotning chin mazmuni nimada? Uni topish uchun biz, eng avvalo, o‘zimizga, jamiyatga, insoniy qadriyatlarga qarashimiz kerak.

Har birimiz bir butunlikda jamiyatda yashaymiz. Bizning ruhiy holatimiz, intilishlarimiz-u orzu-armonlarimiz ham ana shu jamiyat bilan chambarchas bog‘liq. Har bir mehrli so‘z, har bir ezgu amal — bu jamiyatga hissa, millatga xizmatdir. Bugun biz axborot oqimida yashayapmiz. Har birimizning qo‘limizda dunyoni ko‘rsatadigan ekran bor. Ammo bu ekran orqasida asl haqiqat emas, ko‘pincha shovqin, yolg‘on va yolg‘on qadriyatlar yashiringan.

Shunday bir davrda o‘zligimizni yo‘qotmay yashash — bu jasoratdir. Ota-bobolarimizning ibratli yo‘li, xalqimizning boy ma’naviy merosi, ona tilimiz, mehr-oqibatga asoslangan qadriyatlarimiz bizni yo‘ldan adashmaslikka chorlaydi. Farzandlarimizga faqat ilm emas, hayot sabog‘ini, mehnatni, vatanparvarlikni o‘rgataylik. Zero, bu – kelajakni yaratish demakdir.

Shuni unutmaylikki, bir insonning qalbiga umid urug‘larini qadash, mehr berish, bir nurli so‘z aytish — eng katta boylikdir. Chunki baxt izlanmaydi, u yaratiladi. U yurakda, dilda, amalda yashaydi.Bugun hayotni nafaqat yashash, balki mazmun bilan yashash va boshqalarga ham shu mazmunni ulashish fursati. Ezgulik yo‘lidan boraylik — bu yo‘l oxirida bizni har doim yorug‘lik kutadi.

Nilufar Soatova,

TerDU talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun