Surxondaryoda 35 665 nafar yosh maktabni bitirdi

Date:

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tantanali ruhda nishonlanmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi 992 ta maktabda “Ilm – eng ulug‘ sharaf!” shiori ostida ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Joriy o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 35 665 nafar 11-sinf o‘quvchisi maktabni muvaffaqiyatli yakunlamoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri hamda ushbu ta’lim dargohining 100 yillik yubiley tantanasida ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘z nutqida viloyat rahbari bitiruvchi yoshlarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabriklab, ularga katta hayot ostonasida omad va muvaffaqiyat tiladi. Shu bilan birga, yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlash, ulardan unumli foydalanish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish singari ezgu maqsadlar sari intilishga chaqirdi.

Oldingi sahifaDNK tahrir qilindi
Keyingi sahifaG‘oliblar taqdirlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar harbiy qismda

Termiz shahrida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlarning bo‘sh...

Mahorati namoyon…

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar...

Tajribasi ommalashtirilmoqda

Termiz tumanida qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishayotgan fermerlar tajribasini...

Kameralar xavfsizlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston yo‘llarida o‘rnatilgan zamonaviy foto va video kuzatuv kameralari...
KunTun
KunTun