Jarang sochdi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”

Date:

Bugun yurtimizdagi barcha maktab bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, Sariosiyo tumanidagi 92 ta umumta’lim, 2 ta asosiy fanlar chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari hamda 1 ta Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 2 ming 700 nafar o‘quvchi tamomlayapti.

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabidagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Tuman rahbari bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, yoshlar mamlakatiga aylanib borayotgan Yangi O‘zbekistonimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlashni va ulardan unumli foydalanishni so‘radi hamda katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishda oq yo‘l tiladi.

Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan ajoyib bayram dasturi esa barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun