“Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil 16-dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan biznes-rejalar taqdim etildi. Unda tijorat banklari va hokim yordamchilari hamda mahallalarda tadbirkorlikni boshlashni istagan fuqarolar ishtirok etdi. Yarmarka doirasida aholiga biznes-reja taklif etildi.
Tadbir davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun