Hamkorlik kengaytirilmoqda

Date:

Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (QS reytingida 163-o‘rin) hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (QS reytingida 621-630-oʻrin)ga tashrif amalga oshirildi. Uchrashuvlar davomida ta’lim va ilmiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida 2026-yildan boshlab “Kimyo” hamda “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yiladi. O‘quv adabiyotlari, Scopus bazasiga kiritiladigan ilmiy maqolalar hamda o‘quv qo‘llanmalarni hammualliflik asosida nashr etiladi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot yo‘nalishida kadrlar tayyorlash maqsadida ilmiy stajirovkalar va grantlar doirasida malaka oshirish dasturlarini tashkil etish kabi kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun