Google sunʼiy intellektga oʻtmoqda

Date:

Endi “Googlega yozib qidiring” degan oddiy jarayon o‘rnini sunʼiy intellekt egallamoqda. Google o‘z izlash tizimini tubdan yangilab, foydalanuvchining ehtiyoji, qiziqishi va hatto atrofiga qarab javob beradigan sun’iy intellektli yordamchini ishga tushirmoqda. Bu o‘zgarishlar Kaliforniyadagi “Google I/O 2025” konferensiyasida eʼlon qilindi. Kompaniya rahbari Sundar Pichai buni “yangi texnologik bosqich” deb atadi.
Yangi AI Mode rejimi orqali izlash jarayoni ancha aqlli va interaktiv bo‘ladi. Endi:
Savollarni bo‘lib tahlil qiladi. Masalan, siz murakkab savol bersangiz, u uni qismlarga ajratib, aniqroq natija beradi. Sizning izlash tarixingizga qarab, javoblarni moslashtiradi. Google ilovalari bilan bog‘lanadi. Gmail va boshqa ilovalar orqali ham yordam beradi.
Google 30 yildan beri asosiy izlash vositasi bo‘lib kelgan. Ammo hozir raqobat kuchli — OpenAI, Apple va boshqalar sunʼiy intellekt asosida yangi yordamchilar yaratmoqda. Google esa bu jarayonda orqada qolmaslik uchun qidiruvni yangilamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun