DNK tahrir qilindi

Date:

Prime Medicine biotexnologiya kompaniyasi mutaxassislari CRISPR deb nomlangan pray-tahrirlash texnologiyasini birinchi marta qo‘llashdi. Bu usul DNKga nuqtali (manzilli) o‘zgartirishlar kiritish va immunitet hujayralari faoliyatini buzadigan mutatsiyani tuzatish imkonini berdi, deyiladi xabarda.
Texnologiya qo‘llangan 18 yoshli bemor yigit juda kam uchraydigan immun buzilishi — surunkali granulyomatoz kasalligiga chalingan (vaqtida davolanmasa, 6-12 oyda o‘limga olib keladi). Uni davolash uchun qonidan ildiz hujayralari olinib, tahrirlandi va kimyoviy terapiyadan so‘ng qayta kiritildi.
Davolashdan so‘ng bir oy o‘tib, bemorda jiddiy yon ta’sirlar kuzatilmadi, asosiy ferment funksiyasi esa neytrofillarning uchdan ikki qismida tiklandi — bu immunitetni sezilarli darajada mustahkamlash uchun yetarli. Muvaffaqiyatga qaramasdan, kompaniya ushbu terapiyani mustaqil ravishda rivojlantirmoqchi emas, chunki juda murakkab va qimmat. Portal yozishicha, Prime Medicine endi bevosita organizmga kiritish mumkin bo‘lgan nisbatan oddiyroq davolash usullari bilan shug‘ullanmoqchi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun