“At Termiziy” ko‘chasi asfaltlandi

Date:

Qayga bormaylik, qulaylik qidiramiz. Shart-sharoitlardan bahramand bo’lish kishiga zavq bag’ishlaydi, bugunidan rozi, ertangi kuniga esa ishonchini oshiradi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilayotgan yurtda faqat bitta maqsad — inson qadrini ulug’lash yotadi. Angor tumanida ham islohitlar samarasi, o’zgarishlar nasimi esmoqdaki, buni har jihatdan sezish, his etish mumkin. Tumandagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham ishlar izchil davom etmoqda. Ayni paytda tuman markazidagi “At Termiziy” ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi Qosim Mardonov amalga oshirilayotgan ishlar bilan shaxsan tanishib, qurilish jarayonini nazorat qildi. Mutasaddilarga ish sifatini ta’minlash va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur yo‘l ta’miri aholi va haydovchilar uchun qulaylik yaratish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun